Röyxatdan ötiş

Maxfiylik va xizmat şartlari

Yangilangan: 16-noyabr 2026

Maxfiylik

Ariza qoldirsangiz korxona nomi, telefon yoki gmail, işçilar va dökonlar sonini olamiz. Ular faqat siz bilan boğlaniş va tizimni korxonangizga moslab sozlaş uçun kerak.

Heç kimga berilmaydi. Ma'lumotingiz sotilmaydi va reklama uçun boşqa kompaniyaga uzatilmaydi.

Tizimdagi ma'lumot sizniki. Har nonvoyxona alohida bazada saqlanadi. Tizim içida kim nimani körişini ruxsatlar bilan özingiz belgilaysiz. Nonchi soliq idorasiga heç narsa yubormaydi.

Öçiriş. Arizangiz yoki ma'lumotingizni öçirişni xohlasangiz, qönğiroq qiling: +998 91 137 62 42.

Xizmat şartlari

Ulanişdan oldin şartnoma. Şartlar, muddat va tölov usuli korxonangiz bilan yozma şartnomada kelişiladi. Şartnoma imzolanmagunça heç qanday tölov olinmaydi.

Ommaviy ofertaning töliq yuridik matni şartnoma bilan birga beriladi. Savol bölsa: +998 91 137 62 42.